Jurnal haqida


Nazariy va klinik tibbiyot jurnali 1999 yilda tashkil etilgan.

Jurnal Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tayоrlangan dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʼyxatiga kiritilgan.

Jurnal e-library va Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan.

Nashr tillari - oʻzbek, rus va ingliz.

Jurnal maqolalariga DOI raqamli obyekt identifikatorlari beriladi va ma'lumotlar CrossRef tizimiga kiritiladi.

Jurnalning taʼsischisi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti

Jurnal maqomi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Immunologiya va inson genomikasi institutining o'z-o'zini ta'minlaydigan bo'linmasi

Jurnalning maqsadi va vazifalari

Biologiya va tibbiyot sohasidagi ilmiy yutuqlar, turdosh sohalar, tahliliy va tizimli adabiyotlar sharhlari, tajriba almashish, ilmiy xronikalar nashr etish, monografiyalar sharhlari, ilmiy kongresslar va konferensiyalar, eng muhim sanalar va yubileylar haqida ma’lumot berish.

Turli kasalliklarni diagnostikasi va davolashda munozarali masalalar bo'yicha ilmiy munozaralar va konsensusga erishish uchun platformani taqdim etish.

Maqsadli auditoriya

Olimlar va shifokorlar, biotibbiyot fanining tegishli sohalari (biokimiya, patofiziologiya, genetika, gematologiya, onkologiya, jarrohlik, yuqumli kasalliklar, virusologiya va boshqalar) mutaxassislari.

Jurnalning asosiy bo'limlari

  • Immunologiya va allergologiya
  • Ichki kasalliklar
  • Farmakologiya va toksikologiya
  • Kasbiy patologiya
  • Mikrobiologiya
  • Endokrinologiya
  • Urologiya
  • Neyroxirurgiya
  • Jarrohlik
  • Travmatologiya
  • Pediatriya
  • Akusherlik va ginekologiya
  • Otorinolaringologiya
  • Oftalmologiya
  • Stomatologiya
  • Gematologiya
  • Psixiatriya
  • Nevrologiya
  • Epidemiologiya
  • Yuqumli kasalliklar
  • Virusologiya
  • Onkologiya
  • Tibbiyot xodimlarini tayyorlash
  • Amaliyotchiga yordam
  • Mualliflar uchun ma'lumot

Ommaviy axborot vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma:

Jurnal O'zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 04.05.07 № 0255-son bilan ro‘yxatga olingan.

ISSN: 2091-5853

Davriyligi: ​​yiliga 6 ta nashr

Hajmi: 18-20 bosma varaqlar

Tiraj: 100 nusxa.

Jurnal Matbuot obunasi orqali tarqatiladi. Obuna indeksi – 921